Jizzax shahrida joylashgan "Xotira xiyoboni"da xizmatga chaqirilgan muddatli harbiy xizmatchilarni tantanali ravishda Vatanga qasamyod keltirish marosimi oʻtkazildi.
Og‘lonlar buyuk ajdodlarning pok ruhlari oldida, Vatani oldidagi burchini halol bajarishga bel bogʻlab, vijdoni, or-nomus va shaʼnini oʻrtaga qoʻyib, Oʻzbekiston Respublikasiga, xalqiga va Prezidentiga bir umr sodiq boʻlishga, har qanday mashaqqatli sinov va qiyinchiliklarda ham el-yurtining yuksak ishonchini oqlashga yaqinlari va keng jamoatchilik guvohligida tantanali ravishda qasamyod qildi.
Tadbirda Jizzax viloyati hokimi Ulug’bek Mustafoyevning harbiy xizmatchilarga tabrigi viloyat hokimining birinchi o’rinbosari Zafar Azimov tomonidan o’qib eshittirildi.