Zomin tumanining “Obi-hayot” va “Qo‘shto‘l” mahallalarida xotin-qizlar bandligini ta’minlash va daromadini oshirishga qaratilgan ishlar izchil amalga oshirilmoqda. Xususan, ipak qurti parvarishi yo‘lga qo‘yilib, ishsiz xotin-qizlar doimiy daromad manbai bilan ta’minlanmoqda.
Mahallalardagi qurtxonalar zarur shart-sharoitlar bilan ta’minlangan bo‘lib, mutaxassislar tomonidan amaliy ko‘mak ko‘rsatilmoqda. Tut barglari o‘z vaqtida yetkazib berilishi esa jarayon samaradorligini ta’minlamoqda.
Ushbu tashabbus xotin-qizlar bandligini oshirish, oilaviy daromadni ko‘paytirish va tadbirkorlik muhitini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
📹 Batafsil — videolavhada tomosha qiling.