Go‘ri Amir maqbarasi hovlisida oxirgi oylarda olib borilayotgan qurilish loyihalari maqbara atrofida yashayotgan aholini tashvishga solgan. Ularga ko‘ra, bu loyiha tarixiy obidaning o‘zligini yo‘qotishiga olib kelishi mumkin. Qurilish ishlarida og‘ir texnika ishga solingani va beton kabi zamonaviy materiallardan foydalanilgani ham xavotirga sabab bo‘lgan.