Axborotdan kontentgacha: Jizzaxdagi Media haftaligining ilk kuni
Jizzax viloyatida boshlangan navbatdagi Media haftalikining birinchi kuni media sohasining muhim masalalarini muhokama qilish maydoniga aylandi.
Kun davomida sifatli kontent yaratish, mediaxavfsizlik, raqamli gigiyena, ma’lumotlarni tahlil qilish, auditoriya bilan samarali muloqot o‘rnatish hamda axborotni ishonchli manbalar asosida tayyorlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Media haftaligi ishtirokchilari uchun tajriba almashish, zamonaviy media tendensiyalarini o‘rganish va yangi g‘oyalarni shakllantirish imkoniyatini yaratmoqda. Oldinda esa yanada qiziqarli uchrashuvlar, mahorat darslari va amaliy mashg‘ulotlar kutmoqda.